“Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurash!” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev ochib berdi.
Shundan so‘ng Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Kaxxarova Matlyuba Manafovna ma’ruza qildi. U o‘z chiqishida yoshlarning tafakkurini kengaytirish, ularda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, turli zararli g‘oyalar va yot oqimlarga qarshi ma’rifat orqali kurashish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, inson huquq va erkinliklari qadrlanishi taraqqiyotning muhim omili ekanini alohida qayd etdi.