Konferensiya doirasida 3 ta parallel panel sessiya tashkil etildi

Konferensiya doirasida 3 ta parallel panel sessiya tashkil etildi.

I-panel sessiya
“Raqamli jamiyatda oila: kommunikatsiya, xavfsizlik va yangi tarbiyaviy yondashuvlar”

Moderator:
Beknazarova Saida — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Sessiyada Raxmonkulova Nilufar Xodji-Akbarovna, Qurbonbekova Mohichehra Turobjonovna, Xamdamova Firuza Urazaliyevna va Otaxonova Bahrixon Ibragimovna raqamli platformalar, oilaviy kommunikatsiya xavfsizligi hamda ijtimoiy tarmoqlarda monitoring tizimlari bo‘yicha taqdimotlar qildi.

II-panel sessiya
“Oila va vatanparvarlik tarbiyasi: zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, tendensiyalar va metodologiya”

Moderator:
Akramova Feruza Akmalovna — O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti

Yusupova Zebo Xusanovna, Xalikova Moxira Kundibayevna, Sa’dullayeva Gulnoza Sodiq qizi hamda Abduxalilova Laylo Toxtasinovna yoshlar tarbiyasi, milliy video-o‘yinlar, raqamli transformatsiya va demografik prognozlar bo‘yicha ilmiy ishlanmalarini taqdim etdi.

III-panel sessiya
“Oila va ta’lim tizimida vatanparvarlik tarbiyasi: institutsional yondashuvlar va pedagogik texnologiyalar”

Moderator:
Xojiyev Rasul Boynazar o‘g‘li — Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti

Sessiyada Shadmanova Sanavar Bazarbayevna, Tojiyeva Zulxumor Nazarovna va Djumabayeva Jamila Sharipovna innovatsion elektron platformalar, oilaviy tarkibning multimedia tahlili hamda ilmiy-raqamli ta’lim mahsulotlari yuzasidan ma’ruza qildi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar o‘rtasida fikr-mulohazalar almashildi, ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi hamda barcha qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube