Li Hui Ting — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasida faoliyat yuritayotgan yosh va istiqbolli xitoy tili o‘qituvchilaridan biridir

Li Hui Ting — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasida faoliyat yuritayotgan yosh va istiqbolli xitoy tili o‘qituvchilaridan biridir

U 1997-yilda Xitoy Xalq Respublikasida tug‘ilgan bo‘lib, bugungi kunda talabalarga xitoy tili, grammatika hamda xitoy madaniyati fanlaridan dars berib kelmoqda. Li Hui Ting zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida talabalarning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Shuningdek, u “Xitoy tili ko‘prigi” (“Chinese Bridge”) xalqaro tanlovida qatnashayotgan talabalarni tayyorlashda ham faol ishtirok etmoqda. Ilmiy faoliyat bilan ham shug‘ullanib, xitoy tilshunosligi va xitoy tilini o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

E’tiborlisi, Li Hui Ting o‘zbek tilini ham muvaffaqiyatli o‘rganib, B1 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bu esa uning nafaqat professional faoliyatda, balki o‘zbek tili va madaniyatiga bo‘lgan hurmati hamda qiziqishini yaqqol namoyon etadi.

Bugungi kunda Li Hui Ting O‘zDJTUda xitoyshunoslik yo‘nalishining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi ustozlardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube