Namanganda rahbar kadrlar uchun o‘tkazilgan 4 kunlik o‘quv-amaliy seminar 19-dekabr kuni yakuniga yetdi.

Shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun  o‘quv-amaliy seminari samarali bo‘ldi.

To‘rt kun davomida 38 soatlik o‘quv dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va tajribali murabbiylar tomonidan davlat boshqaruvi sohasida ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalar ham o‘rgatildi. Seminar yakunida tinglovchilar test sinovlaridan o‘tkazilib, ularning bilim darajasi baholandi.

Namangan shahridagi "Ma’rifat maskani"da tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminar mashg‘ulotlari yakuniga bag‘ishlangan marosimda o‘quv-amaliy seminar jarayonida faollik ko‘rsatgan  tashkilotchilar hamda professor-o‘qituvchilar qatorida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov  viloyat hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube