Ozarbayjon davlat chet tillar universiteti vakillari bilan hamkorlik
2025-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ozarbayjon davlat chet tillar universiteti professor-o‘qituvchisi va talabalari bilan seminar tashkil etildi.
Dasturda Ozarbayjon davlat chet tillar universitetidan Jahon tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Laura Zarbalieva hamda OʻzDJTU Ikkinchi chet tili kafedra mudiri E. Moydinova, indonez tili katta o‘qituvchisi F. Avazova, kafedra o‘qituvchilari va indonez tili fanini o‘rganayotgan universitet talabalari ishtirok etishdi.
Seminar davomida indonez tili fanini o‘rganayotgan talabalar o‘rtasida savol-javob, viktorinalar va qiziqarli “Indomino” o‘yinlari o‘ynaldi va gʻolib talabalar taqdirlandi. Seminar juda qiziqarli bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida Laura Zarbalieva xonimga esdalik sovgʻalari topshirildi va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.