O‘ZARO HAMKORLIK MEMORANDUMLARI IMZOLANDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi doirasida yana bir muhim hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Tadbir davomida universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Chutpulatov hamda “Al-Aziz Academy” nodavlat ta’lim muassasasi bosh direktori Yuldashov Aziz Avazovich o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuv ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi. Hamkorlik natijasida talabalar uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlari kengayib, yangi ish o‘rinlari ochilishi rejalashtirilmoqda.
Universitet Karyera markazi tomonidan ilgari surilayotgan bu kabi tashabbuslar yoshlarning kasbiy rivoji va mehnat bozorida mustahkam o‘rin egallashiga zamin yaratmoqda.