Oʻzbek adabiyoti rivojiga munosib hissa qoʻshgan shoir Aleksandr Faynberg oʻzbek tilida ijod qilmagan boʻlsa-da, sheʼrlarida oʻzbek xalqiga xos jihatlar, qadriyatlar mohirona aks ettirilgan.
Aleksandr Faynberg hayoti va ijodi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganilyapti. Bu boradagi ishlarni talaba yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish uchun belgilangan istiqboldagi vazifalar reja asosida amalga oshiriladi.
Jumladan, joriy yilning sentabr-oktabr oyilari davomida Adiblar xiyoboniga bir necha marta tashrif buyurildi. A.Faynberg hayoti va ijodiga doir ochiq dars, davra suhbati, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda seminarlar oʻtkazildi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg tavallud topgan kun munosabati bilan shoirning Adiblar xiyobonidagi haykali poyiga gul qoʻyish marosimi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida xotira kechasi oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet vakillari va talabalar ishtirok etdi va shoir haykali poyiga gul qoʻyishdi.