TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.

Oʻzbekiston davlat jahon tillar universitetiga xususiy tashabbuskor “BINOKOR-SHUXRAT” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Oʻzbekiston davlat jahon tillar universiteti hududida (0,3 gektar) 1 500 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

Qiziqish bildirish uchun so'rov shakli;                         Loyiha konsepsiyasi;                  Loyiha to'g'risida ma'lumot;

Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 13-sentabr 23:59 ga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarning hammasiga yuborishlari kerak:

Oʻzbekiston davlat jahon tillar universiteti

 Elektron pochta manzili:  s.abdullayev@uzswlu.uz 

Telefon raqami: +998 71-230-12-97

Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Zakovat koʻchasi 4 uy, Oʻzbekiston davlat jahon tillar universiteti hududi.

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi manziliElektron pochta manzili: devonxona@edu.uzedu@exat.uz

Telefon raqami: +998 55 520-08-08 (195)

Manzil: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz

Telefon raqami: 71 203-50-50 (01936).

Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.

 

 

 

 

 

 
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube