TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
Oʻzbekiston davlat jahon tillar universitetiga xususiy tashabbuskor “BINOKOR-SHUXRAT” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Oʻzbekiston davlat jahon tillar universiteti hududida (0,3 gektar) 1 500 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun so'rov shakli; Loyiha konsepsiyasi; Loyiha to'g'risida ma'lumot;
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 13-sentabr 23:59 ga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarning hammasiga yuborishlari kerak:
Oʻzbekiston davlat jahon tillar universiteti
Elektron pochta manzili: s.abdullayev@uzswlu.uz
Telefon raqami: +998 71-230-12-97
Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Zakovat koʻchasi 4 uy, Oʻzbekiston davlat jahon tillar universiteti hududi.
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi manziliElektron pochta manzili: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz
Telefon raqami: +998 55 520-08-08 (195)
Manzil: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz
Telefon raqami: 71 203-50-50 (01936).
Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.