O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili nazariy aspektlari 3-kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan Chilonzor tumani 195-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari uchun mahorat darsi o‘tkazildi

Mahorat darsida maktab o‘qituvchilariga zamonaviy ta’lim metodlari, interaktiv o‘qitish texnikalari, darsni samarali tashkil etish yo‘llari hamda pedagogik tajriba almashinuvi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

 

 

Muhokama qilingan masalalar:
 1. Zamonaviy pedagogik metodlar:
• brainstorming, jigsaw, role-play, CLIL, pair & group work kabi metodlardan dars davomida foydalanish.
 2. Dars jarayonida interaktiv texnikalardan foydalanish:
• o‘quvchilar faolligini oshirish, motivatsiyani kuchaytirish va darsni qiziqarli tashkil etish usullari.
 3. Ta’lim jarayonida texnologiyalarni qo‘llash:
• digital vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar.
 4. O‘qituvchilar duch kelayotgan muammolarni muhokama qilish va takliflar berish.

Mazkur mahorat darsi maktab o‘qituvchilariga zamonaviy metodik jarayonlarni chuqurroq anglash, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash va dars jarayoniga yangicha yondashuvlarni tatbiq etish imkonini berdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube