29-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 1-son yig‘ilishi davomida ilmiy unvon olgan xodimlarni tabriklash  marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ingliz tili № 1 fakulteti professori v.b. Iriskulov Muxamadavas Tursunovichni  Professor ilmiy unvonini olganligi bilan, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi  dotsenti v.b. Muradkasimova Kamola Shuxratovnani Dotsent ilmiy unvonini olganligi, Rus Filologiyaci fakulteti “Hozirgi zamon rus tili” kafedrasi dotsenti v.b. Saidjalalova Sayyora Mirsadikovnani  Dotsent ilmiy unvonini olganligi, Ingliz tili № 2 fakulteti “Amaliy fanlar 2” kafedrasi mudiri, dotsent v.b. Mamatqulova Nilufar Fayzullaqulovnani  Dotsent ilmiy unvonini olganligi, Tarjimonlik fakulteti “Ingliz tili tarjima nazariyasi” dotsenti v.b. Abdullayeva Shoxida Norqulovnani  Dotsent ilmiy unvonini olganligi,             Sharq filologiyasi fakulteti “O‘zbek tili” kafedrasi dotsenti v.b. Fozilova Moxigul Farxodovnani  Dotsent ilmiy unvonini olganligi munosabati bilan universitet jamoasi nomidan tabriklashdi.

 

Shu bilan birga universitetda tahsil olayotgan,  xalqaro va mahalliy tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir nechta talabalar universitet tomonidan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun: Talabalar o‘rtasida hamkorlik va almashinuvni rivojlantirish, , fransuz tili va madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida butun dunyo bo‘ylab frankofon alyanslari talabalari uchun tashkil etilgan "Défi Inter-Alliances 2024" tanlovining birinchi va ikkinchi bosqichlarda Roman-german filologiyasi fakulteti 2-bosqich FFRA-2203 gurux talabasi Pirnazarova Sevara Doniyor qizi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uchinchi bosqichda Sevara O‘rta Osiyo vakili sifatida ishtirok etib, Okeaniya davlatlari bilan kuch sinashdi va 1-o‘rinni egallab,  Parijga finalga yo‘llanma qo‘lga kiritdi,

 “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichida Xalqaro jurnalistika fakulteti, xalqaro jurnalistika yo‘nalishi 22-01 guruh talabasi Usmonov Otabek Muzaffar o‘g‘li g‘olib bo‘ldi. Respublika bosqichida loyihasi 120 million so‘m miqdorida moliyalashtirishga tavsiya etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube