1-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifda universitet rahbariyati vakillari rektor Ilxomjon Tuxtasinov bilan birgalikda ishtirok etdi. Mehmonlarni Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i, polkovnik M.X. Rustambayev samimiy kutib olib, oliygoh faoliyati hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Tashrif davomida mehmonlar universitet hududida tashkil etilgan zamonaviy o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi (kutubxona), talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, oshxona hamda sport majmualari bilan tanishdilar. Har bir yo‘nalish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar, talabalarga qulaylik yaratishga qaratilgan yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, o‘quv jarayonlarini tashkil etish, amaliy mashg‘ulotlar, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalar, xususan sun’iy intellekt yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Bu boradagi tajribalar universitet vakillarida alohida qiziqish uyg‘otdi.

Tashrif davomida tajriba almashish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi.

Mazkur tashrif universitetlar o‘rtasida amaliy tajribani o‘rganish, mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishish hamda kelgusida ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube