O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti sportchi talabalari “Talabalar festivali” doirasidagi tadbirda ishtirok etdi
Ma’lumki, bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Talabalar festivali” doirasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga ramziy start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining sportchi talabalari onlayn shaklda ishtirok etdi. Shuningdek, universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev hamda sport murabbiylari tadbirda bevosita qatnashdilar.
Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish va yoshlar salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.