O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025/2026 o‘quv yilining kuzgi semestri yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025/2026 o‘quv yilining kuzgi semestri uchun yakuniy nazorat imtihonlari universitetda tasdiqlangan jadval asosida belgilangan tartibda o‘tkazilmoqda.

Talabalar imtihonlarni maxsus testlarga mo‘ljallangan zamonaviy kompyuter xonalarida, shaffoflik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilingan holda topshirishmoqda.

Imtihon jarayonida mobil qurilmalardan foydalanish qat’iyan taqiqlangan bo‘lib, barcha jarayonlar videokuzatuv tizimi hamda mas’ul nazoratchilar tomonidan doimiy nazorat ostida olib borilmoqda.

Ushbu tartib bilimlarni baholashda xolislik va ochiqlikni ta’minlab, talabalarning bilim va salohiyatiga adolatli baho berilishiga xizmat qilmoqda.

Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov yakuniy nazorat imtihonlari jarayonida bevosita ishtirok etib, baholash jarayonlarining adolatliligi va shaffofligini ta’minlash zarurligini ta’kidlab bormoqda.

Shuningdek, yakuniy nazorat imtihonlarini onlayn tarzda real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratilgan. Imtihon jarayonlarini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin:
https://uzswlu.uz/online-translatsiya

Imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha talabalarga muvaffaqiyat tilaymiz!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube