O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid tadbir o‘tkazildi
4-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Bezorilik hamda hayot va sog‘liqqa qarshi jinoyatlarning oldini olish” mavzusida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistri Davron Azizov tomonidan ma’ruza o‘qilib, yoshlarni jinoyatchilikdan ogoh qilish, ularning huquqiy ongini shakllantirish va beqarorlikni oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda ishtirok etgan universitet rahbariyati vakillari, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, tyutorlar va talabalarga huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar beqarorlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida fikr almashishdi va innovatsion yondashuvlar haqida takliflar bildirishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid o‘z fikr va takliflarini bildirgan holda, jamiyatda xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shiladigan hissalarini muhokama qilishdi. Universitet rahbariyati tomonidan kelgusida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha yangi tadbirlar va treninglarni o‘tkazish, yoshlarni huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi ongli ravishda tarbiyalash zarurligi qayd etildi.