O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov tomonidan Ingliz tili 1-fakulteti hamda Ingliz tili 2-fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan sayyor qabul tashkil etildi.

 

 


Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar tomonidan ta’lim jarayoni, o‘quv-uslubiy ishlar va turli dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi.

Sayyor qabul ochiq muloqot va samimiy muhokama ruhida o‘tdi. Bildirilgan taklif va masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Bunday uchrashuvlar universitetda ta’lim sifatini oshirish, talaba-yoshlar muammolarini o‘rganish hamda ularni samarali hal etishga yo‘naltirilgan.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube