Erkayev Akrom 1974-yilda tugʻilgan. Iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Reja-moliya bo'limi boshlig'i etib Erkayev Akrom Normuxammadovich tayinlandi.
U 2002-yilda Toshkent moliya institutining bakalavr yo‘nalishini, 2006-yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura yo‘nalishini tamomlagan.
Erkayev Akrom:
➖1995-1996-yillarda Toshkent farmatsevtika instituti hisobchisi;
➖1996-2010-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining xisobxonasi xisobchisi;
➖2010–2011-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining bosh hisobchi muovini;
➖2011–2016- yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;
➖2016–2017-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ijtimoiy fanlar
kafedrasi katta o‘qituvchisi;
➖2017–2020-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti roman-german
filologiyasi fakulteti dekan muovini;
➖2020–2022-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ijtimoiy fanlar
kafedrasi katta o‘qituvchisi;
➖2022–2023-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Fundamental iqtisodiyot kafedrasi dotsenti;
➖2023-yildan Angren universitetida fakultet dekani lavozimlarida ishlagan.