O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-bosqich doktoranti Abdurasulova Nilufar hozirda Xitoy Xalq Respublikasining Chonqing shahrida o‘tkazilayotgan “Artificial Intelligence and Digital Transformation in Linguistics and Innovative Teaching Methodologies” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish treningida ishtirok etmoqda. Trening 2026-yil 22-yanvardan 2-fevralga qadar davom etadi.
Mashg‘ulotlar doirasida sun’iy intellekt texnologiyalarining tilshunoslik sohasida qo‘llanilishi, raqamli transformatsiyaning zamonaviy ta’lim jarayonidagi roli hamda innovatsion o‘qitish metodologiyalarini joriy etish masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy darslar tashkil etilgan. Ishtirokchilar ilg‘or xalqaro tajribalar, raqamli ta’lim platformalari hamda sun’iy intellekt asosidagi o‘qitish modellaridan foydalanish bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.
Mazkur trening doktorantning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, universitet ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish va lingvistika sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.