Hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri o‘qituvchi-tarbiyachi xodimlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, malakaviy amaliyot orqali oliy o‘quv yurti talabalarini ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy va o‘quv muassasalarining ishi bilan tanishish hamda talabalarning o‘zlashtirayotgan sohasi bo‘yicha dastlabki ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarni ko‘nikmalarni shakllantirish zaruratiga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishdir.
Ma’lumki, malakaviy amaliyoti mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilib, talabalarni bevosita mustaqil ishlashga tayyorlaydi. O‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.
Bugun O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari va amaliyot rahbarlari talabalar malakaviy amaliyot o‘tayotgan ta’lim muassasalariga tashrif buyurishdi.
Malakaviy amaliyotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda talabalar tomonidan tashkil etilgan ochiq darslarni kuzatib, kerakli tavsiyalarni berishdi.