Bugun, 26-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari Ashurova Dilorom Umarovnani 85 yoshi bilan samimiy muborakbod etish maqsadida Xalqaro jurnalistika fakultetiga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrif davomida universitet rahbariyati va jamoasi professorning ko‘p yillik samarali ilmiy va pedagogik faoliyati, milliy tilshunoslik faniga qo‘shgan beqiyos hissasi hamda yetishtirgan shogirdlari va yaratgan ilmiy an’analari haqida so‘zlab, ularga chuqur hurmat va e’tirofini bildirdi.
Filologiya fanlari doktori, professor Ashurova Dilorom Umarovna ko‘p yillik samarali ilmiy va pedagogik faoliyati orqali milliy tilshunoslikning rivojiga beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda. Universitet rahbariyati va jamoasi ustozning chuqur ilmiy izlanishlari, boy nazariy merosi va yuksak ustozlik maktabi milliy va jahon lingvistika fanining taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.
Shogirdlar, yaratgan ilmiy an’analar va fidokorona mehnat orqali Ashurova Dilorom Umarovna ilmiy olam va yosh tadqiqotchilar uchun barqaror ma’naviy tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Ilmga sadoqat, kamtarlik va yuksak insoniy fazilatlari universitet jamoasi tomonidan chuqur hurmat va e’tirofga sazovor ekani qayd etildi.