O‘zDJTU Registrator ofisi xodimlari tomondan navbatdagi uchrashuv

2-dekabr kuni O‘zDJTU Registrator ofisi xodimlari Angren xorijiy tillar fakulteti talabalari bilan tanishtiruv uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuvda Registrator ofisi Xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i A.A.Mashrabovich Registrator ofisining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng menejerlar:

Asosiy xizmatlar
Arizalar qabul qilish tartibi
Elektron xizmatlardan foydalanish
Ma’lumotnomalar olish jarayoni bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berishdi.
Talabalarga 64 dan ortiq xizmat yagona markaz orqali ko‘rsatilayotgani,
Kontrakt to‘lov tartibi,
kontrakt.edu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar ham taqdim etildi.

Uchrashuv talabalarga o‘qish jarayonida zarur xizmatlardan tez va to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishga xizmat qildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube