O‘zDJTU RGF bitiruvchi talabalariga yo‘llanmalar topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli qarori (“Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”)da belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan, 2025-yil 20-iyun kuni O‘zDJTU Roman-German filologiyasi fakultetida davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchi talabalariga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar topshirildi.
Tadbirda Registrator ofisi boshlig‘i A.K. Xalillayev, fakultet dekani X.I. Hakimov, “Xizmat ko‘rsatish” bo‘limi menejerlari E. Avezov, B. Ibragimov va X. Murtozayeva ishtirok etdilar.
Jarayonda bitiruvchilarga:
Mehnat bozorining dolzarb ehtiyojlari,
Ishga joylashish imkoniyatlari,
Kasbiy yo‘nalishdagi tavsiyalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislardan zarur javoblar olishdi.
Mazkur tadbir universitet bitiruvchilarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlashga qaratilgan amaliy mexanizmlardan biridir.