O‘zDJTU talabalari “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif uyushtirdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish maqsadida “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurdi.

Talabalar muzey eksponatlari bilan tanishib, tarixiy hujjatlar va fotografiyalar orqali qatag‘on qurbonlarining jasorat va fidoyiliklari haqida batafsil ma’lumot oldi. Shu orqali ular tarixiy voqealarni chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldi.

Tashrif davomida yoshlarimiz tarixiy xotirani saqlash va hurmat qilishning ahamiyatini his qildi. Muzeyga tashrif ularning tarixiy ongini rivojlantirish va milliy xotirani yanada mustahkamlashga hissa qo‘shdi.
Amaliyotchi: Ergaheva Shaxnoza Abdujabbor qizi AXJA 2201 guruh 4-bosqich talabasi