O‘zDJTUda fuqarolik jamiyati rivojiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Siyosiy fanlar” kafedrasi tomonidan “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

 

 

Anjumanni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. U o‘z nutqida mamlakatimizda erkin va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritdi hamda bu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar va tashabbuslarning dolzarbligini ta’kidladi.

Tadbirda turli nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, olimlar, ekspertlar va deputatlar ishtirok etishdi. Ular fuqarolik jamiyatining bugungi holati, mavjud muammolar hamda rivojlanish istiqbollari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Respublika anjumani quyidagi to‘rt yo‘nalish (sho‘ba) bo‘yicha faoliyat olib bordi:
 - “Kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishining asosiy mezonlari: ijtimoiy-siyosiy tahlil”;
 - “Fuqarolik jamiyatini shakllanishida fuqarolar va jamoatchilik faolligini oshirishning dolzarb masalalari: xalqaro tajriba va istiqbol”;
 - “O‘zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishining ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslari: muammo va yechimlar”;
 - “Uchinchi sektorning jamiyat ijtimoiy modernizatsiyasidagi ishtiroki, ko‘ppartiyaviylik va ijtimoiy sheriklik”.

 

 

Mazkur anjuman fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirish, xalqaro tajribani o‘rganish va sohada ilg‘or yondashuvlarni joriy etish orqali mamlakatda fuqarolik jamiyatining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube