O‘zDJTUda giyohvandlikka qarshi profilaktik tadbir

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoshlar ishtirokida giyohvandlikka qarshi profilaktik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda zararli odatlarning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda Nurmuhamedova Madina Xasanovna hamda tyutor Mannonova Nilufar mavzu yuzasidan chiqish qilib, giyohvandlikning kelib chiqish sabablari, uning oldini olish choralari hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalariga alohida to‘xtaldilar.

Uchrashuv davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, savollariga atroflicha javob oldilar. Tadbir mazmunli muloqot va ogohlik ruhida o‘tdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube