O‘ZDJTUDA MAGISTRANTLAR BILAN “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

O‘ZDJTUDA MAGISTRANTLAR BILAN “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovning magistratura bosqichi talabalari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati vakillari, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Nargiza Alimovna Maxmudova, professor-o‘qituvchilar hamda magistrantlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Magistratura bo‘limi boshlig‘i Nargiza Alimovna Maxmudova so‘zga chiqib, magistratura bosqichida ta’lim jarayonini tashkil etish, magistrantlarning o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan bog‘liq masalalar haqida ma’lumot berdi.

Muloqot davomida magistrantlarning ta’lim sifati, ilmiy izlanishlari, kasbiy rivojlanishi va kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi. O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov talabalar bilan ochiq muloqot qilib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Shuningdek, magistrantlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, mustaqil izlanish olib borish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda universitet hayotida faol ishtirok etish masalalariga e’tibor qaratildi. Universitet rahbariyati vakillari talabalar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar yuzasidan munosabat bildirdi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, magistrantlarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga oid masalalarni muhokama qilish imkonini berdi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube