O‘ZDJTUDA REKTOR VA KECHKI TA’LIM SHAKLI TALABALARI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovning kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati vakillari, fakultet dekani Mamadov Norpo‘lat Suyarovich, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida kechki ta’lim shaklida o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim sifati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ularni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi. O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov talabalar bilan ochiq muloqot qilib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi hamda savollariga javob berdi.
Muloqotda talabalar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, o‘quv jarayonidagi mavjud masalalarni o‘rganish va bildirilgan takliflar asosida tegishli choralarni belgilashga e’tibor qaratildi. Universitet rahbariyati vakillari talabalar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, kechki ta’lim shakli talabalarining fikr va takliflarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni muhokama qilish hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni belgilash imkonini berdi.
2026-10-15 10-22