O‘zDJTUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

19-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyida rektor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir litsey direktori Obidova Maxsudaxon Obidovna tomonidan olib borildi.

Tadbirni rektor ochib berdi va yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr va tashabbuslarini eshitish har doim ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi. 

Uchrashuv davomida eng faol talabalarning “Akademik litsey iftixori” va “Rektor stipendiyasi” bilan taqdirlanishi bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirdi, rektor esa ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini qayd etdi.

Mazkur tadbir yoshlar bilan muloqot qilish, ularning tashabbuslari va kelajak rejalari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Litsey talabalari uchun bunday uchrashuvlar nafaqat bilim olish, balki o‘z salohiyatini namoyon etish va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash imkonini yaratadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube