O‘zDJTUda sun’iy intellektga bag‘ishlangan o‘quv kursi yakunlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan tashkil etilgan “Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt: nazariya va amaliyot–II” nomli qisqa muddatli o‘quv kursining yakuniga bag‘ishlangan tantanali sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kursda universitet rahbar xodimlari, jumladan dekanlar va kafedra mudirlari faol ishtirok etib, sun’iy intellekt texnologiyalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, zamonaviy metodik yondashuvlarni joriy etish hamda o‘quv jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.

Tantanali marosimda sertifikatlar universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan topshirildi. U o‘z nutqida sun’iy intellektni ta’lim tizimiga joriy etish bugungi kunning muhim strategik yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.

Mazkur kurs oliy ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, ta’lim sifatini oshirish hamda rahbar kadrlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube