O‘zDJTUda “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqasining universitet bosqichi o‘tkazildi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqasining universitet bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

 

 

Musobaqa doirasida talabalar o‘rtasida FC25 o‘yini bo‘yicha kibersport bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Kuchli raqobat, intilish va texnik mahorat ruhida kechgan bahslar natijasida quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

1-o‘rin — Jalgasbaev Azizbek Aday o‘g‘li
Ingliz tili 2-fakulteti talabasi

2-o‘rin — Latifjonov Abduquddus Jahongir o‘g‘li
Tarjimonlik fakulteti talabasi

3-o‘rin — Abdullayev Xumoyun Shuxrat o‘g‘li Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi

G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 1-o‘rin sohibi esa hududiy bosqichda universitet sharafini himoya qilish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Mazkur kibersport musobaqasi yoshlarning raqamli texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mantiqiy va strategik fikrlash salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube