O‘zDJTUda talabalar turar joyi qurilishi jarayonlari bilan tanishildi

30-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rahbariyat vakillari bilan birgalikda universitet hududida qurilayotgan talabalar turar joyi (TTJ) qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

 

 

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida bunyod etilayotgan 9 qavatli, 1500 o‘rinli TTJ qurilish jarayonlari bilan bevosita tanishish, ishlarning sifati, sur’ati va rejalashtirilgan muddatlarga muvofiqligini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Ilxomjon Tuxtasinov amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bo‘yicha mutasaddilardan ma’lumot olib, loyihaning texnik jihatlari hamda infratuzilma imkoniyatlari bilan tanishdi. Shuningdek, rektor qurilish sifatiga alohida e’tibor qaratish, xavfsizlik va ekologik me’yorlarga qat’iy rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube