O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI
PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

O‘zDJTU huzuridagi Tarmoq markazi tomonidan tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish kursi doirasida 2025-yil 18-dekabr kuni, tinglovchilar Indoneziyaning Primakara universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ikki tomon o‘rtasida ta’lim tizimi, o‘quv jarayonlarini tashkil etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda raqamli ta’lim texnologiyalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Uchrashuv jarayonida oliy ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan innovatsion metodlar, xalqaro ta’lim tajribalari va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif tinglovchilarga xorijiy oliy ta’lim muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish hamda olingan bilimlarni kelgusida o‘z pedagogik faoliyatida qo‘llash uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube