Professor-o‘qituvchilarning Indoneziyadagi ilk uchrashuvi – Stikom Bali Universitetida

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Indoneziyaning yetakchi oliy ta’lim maskanlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma malaka oshirish dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar bugun Sikom Bali universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari universitet jamoasi tomonidan samimiy kutib olindi va o‘quv jarayoni, ta’lim tizimi hamda talabalarning o‘quv muhiti bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar Stikom Bali universiteti talabalari bilan ochiq muloqot olib borishdi. Suhbat davomida:
 • ta’lim sifatini oshirish;
 • ilmiy izlanishlarni rivojlantirish;
 • raqamli pedagogika;
 • madaniyatlararo kommunikatsiya;
 • o‘zaro tajriba almashish masalalari keng muhokama qilindi.

Ushbu uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamladi hamda o‘quv jarayonlarida qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar bilan tanishish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.

Stikom Bali universitetining hurmat-ehtirom bilan qabul qilgani, o‘zaro fikr almashish va yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlagani qo‘shma dastur samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube