Qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 20-yanvar sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti tyutori S. Manazarov tashabbusi bilan qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada quyidagi jamoalar faol ishtirok etdi:
-Angren fakulteti qizlar jamoasi
-Angren shahar yoshlari orasidan tuzilgan qizlar jamoasi
-Angren sport maktabi jamoasi
-Angren universiteti qizlar jamoasi

Bellashuvlar yuqori sport ruhida, do‘stona va raqobatbardosh tarzda o‘tdi. Barcha ishtirokchi jamoalarga faollik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Sport — sog‘lom hayot garovi!
Bunday tadbirlar yoshlarda jamoaviylik, iroda va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlaydi.