Rektor Koreya madaniyat markazi tashkil etish jarayonlari bilan tanishdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan hududda bo‘lib, Koreya madaniyat markazini tashkil etish hamda uni ta’mirlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrifda KOICA O‘zbekiston vakolatxonasi direktor o‘rinbosari Kim Siyon hamda koreyalik ekspert Park Jiho hamrohlik qildi.

Tashrif davomida rektor markazni zamonaviy talablarga mos tashkil etish, talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda uni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sifati va muddatlari yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashilib, zarur tavsiyalar bildirildi.

Jarayonda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etib, markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, uni xalqaro hamkorlikning muhim platformasiga aylantirish hamda talabalarning amaliy bilimlarini oshirishga qaratilgan yo‘nalishlar muhokama qilindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube