Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D. Matyakubov bilan birgalikda professor-o‘qituvchilarning farzandlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etildi.
Samimiy va bayramona ruhda o‘tgan uchrashuv davomida bolajonlar Yangi yil bilan tabriklanib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi. Ushbu e’tibor universitet jamoasida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va xodimlar oilalariga bo‘lgan g‘amxo‘rlik muhim qadriyat ekanini yana bir bor namoyon etdi.