Rektor talabalar turar joylarida yashash sharoitlari bilan tanishdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov 4-son talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalarning yashash sharoitlarini o‘rgandi. Tashrif davomida rektor mas’ullar bilan suhbatlashib, mavjud muammolarni muhokama qildi va talabalarning turar joy sharoitlarini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

 

 

Shuningdek, rektor xorijlik talabalar istiqomat qiladigan 6-son talabalar turar joyiga ham tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan qulayliklar, tozalik va xavfsizlik holatini tekshirdi hamda mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Tashrif davomida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turar joy hududida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash va talabalar uchun xavfsiz, qulay sharoit yaratish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube