“Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-son talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, talabalarning yashash sharoitlari, o‘qish va dam olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.
Suhbat davomida rektor yoshlarga yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish, o‘z ustida muntazam ishlash hamda bilim va tashabbus orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish zarurligini ta’kidladi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirgan holda, rektor tomonidan berilgan savollarga javob olishdi.