Haftaning har chorshanba kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Sport kuni” doirasida professor-o‘qituvchilar va universitet xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport tadbirlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Bugungi sport kunida universitetning erkak xodimlari o‘rtasida futbol, ayol xodimalar o‘rtasida esa voleybol bo‘yicha qiziqarli musobaqalar o‘tkazildi. O‘yinlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy faolligi, chaqqonligi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Musobaqalar jarayonida sog‘lom raqobat, ko‘tarinki kayfiyat va do‘stona muhit ustuvor bo‘lib, har bir jamoa g‘alaba uchun munosib kurash olib bordi. Bu esa universitet jamoasi o‘rtasida birdamlik va hamkorlik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur sport tadbirlari nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki xodimlar o‘rtasida jamoaviylik, faollik va ijobiy muhitni shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
2026-05-15 12-03