“Sunʼiy intellektning zulmatli tomoni” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi
Yosh avlodda iqtisodiy bilimlarni mustahkamlash, ularni moliyaviy huquqbuzarliklar va yashirin iqtisodiyotga qarshi murosasiz ruhda tarbiyalash, halollik va sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish, shuningdek moliyaviy xavfsizlikni taʼminlash hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlari orqali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy firibgarliklarning oldini olish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Shu munosabat bilan universitetimiz talabalari o‘rtasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamkorligida “Sunʼiy intellektning zulmatli tomoni” (Temnaya storona iskusstvennogo intellekta) mavzusida taqdimot materiallari asosida o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i Sobir Tuychiyev Abdusodiqovich tomonidan olib borilib, unda sun’iy intellektning imkoniyatlari bilan bir qatorda uning salbiy jihatlari, xususan moliyaviy firibgarliklarda qo‘llanilish holatlari va ulardan himoyalanish yo‘llari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.
Amaliyotchi: Turobova Barchinoy Axiz - 2301