Talabalar olimpiadasi: universitet bosqichi boshlandi

Bugun, 7-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarining universitet bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi hamda ishtirokchilarga omad tiladi.

 

 

Musobaqalar 6 ta sport turi bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, har bir fakultetdan jamoalar qatnashmoqda.

Jami 25 ta jamoa tarkibida 300 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu musobaqalar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va jamoaviylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube