9-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Djurayev hamda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Nazarov bilan birgalikda 5-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurildi.
Mazkur tashrif davomida talabalar turar joyidagi mavjud shart-sharoitlar, jumladan, isitish tizimlari, gaz plitalari va umumiy yashash muhiti atroflicha tekshirildi. Shu bilan birga, talabalar bilan samimiy suhbat olib borildi.
Suhbat mobaynida talabalarning oʻquv jarayoni, darslarga tayyorgarligi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari hamda yashash bilan bogʻliq muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Bildirilgan taklif va mulohazalar masʼullar tomonidan eʼtiborga olinishi taʼkidlandi.
Shu kabi tashriflar talabalar turmush sharoitlarini yaxshilash, mavjud muammo va kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etishga yordam beradi.