TALABALAR TURAR JOYLARIDA TUNGI PROFILAKTIK TEKSHIRUV O‘TKAZILDI

TALABALAR TURAR JOYLARIDA TUNGI PROFILAKTIK TEKSHIRUV O‘TKAZILDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1- va 2-sonli talabalar turar joylarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xodimlari tomonidan tungi profilaktik tekshiruv ishlari olib borildi.

Tekshiruv davomida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘inga qarshi vositalar va maxsus jihozlarning holatini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

«Qalqon» jamoatchilik guruhi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbir talabalar turar joylarida xavfsizlikni ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holatini nazorat qilishga qaratildi.

Xavfsizlik — barchamizning mas’uliyatimiz!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube