“Biz — giyohvandlikka qarshimiz!”
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti dekani A. Xalillayev, IPMBIB psixologi Sh. Bo‘stonova, IPMBIB mutaxassisi M. Abdurahmonova hamda fakultet tyutori Z. Nazarova tomonidan fakultet talabalari o‘rtasida “Biz — giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tushuntirish ishlari davomida talabalarga giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiy holati va kelajagiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, sport va foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga, hayotda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga undashga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tushuntirish ishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarda giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy va ijtimoiy mas’uliyatini oshirish hamda yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishdan iborat.