O‘ZDJTUDA “DÍA DE LA HISPANIDAD” BAYRAMI NISHONLANDI!

O‘ZDJTUDA “DÍA DE LA HISPANIDAD” BAYRAMI NISHONLANDI! 

 2026-yil 15-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Roman-german tarjimashunosligi kafedrasi tomonidan “Día de la Hispanidad” bayramiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

 


 Tadbir davomida ispan tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ispan xalqining o‘ziga xos urf-odatlari va an’analari namoyish etildi. Bayram ispan tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, talabalar bilimini mustahkamlash hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qildi.
 

 Día de la Hispanidad — ispan tilida so‘zlashuvchi xalqlarning tarixiy va madaniy merosi bilan bog‘liq muhim sana. Ispaniyada 12-oktabr kuni Milliy bayram — Fiesta Nacional de España nishonlanadi. Ushbu sana 1492-yil 12-oktabrda Xristofor Kolumb ekspeditsiyasining Karib dengizidagi orollarga yetib kelishi bilan bog‘liq tarixiy voqeani yodga soladi.


 Ispan tili, boy madaniyat va betakror an’analar birlashtirgan ushbu tadbir talabalar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube