Joriy yilning 6-oktabr kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev hamda fakultet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini Sh.Elnazarovlar 4-talabalar turarjoyiga (TTJ) talabalarning joylashish jarayoni va TTJda yaratib berilgan sharoitlarni oʻrganish maqsadida tashrif buyurishdi.
Tashrif jarayonida TTJda istiqomat qiluvchi talabalar turmush tarzi bilan yaqindan tanishib mavjud muammolarni oʻrganishdi. Shuningdek, talabalarga TTJ tartib-qoidalariga rioya qilish va mavjud imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.