Talabalarni joylashtirish bo‘yicha shtab faoliyati bilan tanishildi

4-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarni turar joy va ijaraga xonadonlar bo‘yicha yo‘naltiruvchi Talabalar turar joyi va ijaraga xonadonlar bo‘yicha Ma’lumot markazi faoliyati, talabalarni qabul qilish va ularga ko‘mak berish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov tashrif buyurdi.

 

 

Tashrif davomida vazir o‘rinbosari universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov bilan birga markaz faoliyati, talabalarni ro‘yxatga olish va manzilli yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov markaz faoliyati, talabalarni ro‘yxatga olish va manzilli yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan tanishdi hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha o‘z tavsiya va mulohazalarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur markazning asosiy vazifasi — universitetga o‘qishga qabul qilingan talabalarni turar joy bilan ta’minlashda axborot-ko‘mak berish, ularni yotoqxona va ijaraga xonadonlar bilan manzilli ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

 

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida hozirda 6 ta talabalar turar joyi (TTJ) faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular jami 3285 o‘ringa ega. Shuningdek, 1575 ta ijara xonadonlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Umuman olganda, ushbu imkoniyatlar orqali 9000 nafarga yaqin talabani yashash joyi bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube