Tarjimonlik fakultetida guruh sardorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

31-mart kuni universitetning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L. Zaripov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i N. Ibragimov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B. Xashimov tomonidan Tarjimonlik fakultetidagi barcha guruh sardorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ta’lim sifati, o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlardan qoniqish darajasi hamda korrupsion holatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Bundan tashqari, guruh sardorlari bilan ochiq muloqot shaklida bahs-munozara olib borilib, ta’lim sifati va o‘quv jarayonlariga oid muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L. Zaripov universitetda talabalar fikrini o‘rganishga mo‘ljallangan rasmiy @uzdjtu_uzbot ishga tushirilganini ma’lum qilib, unda taklif va mulohazalarni erkin qoldirish mumkinligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, B. Xashimov tomonidan korrupsion holatlarning oldini olish, talabalarning bunday jarayonlarga aralashib qolmasligi hamda uning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida guruh sardorlariga o‘quv jarayonlarida faol, mas’uliyatli hamda tashabbuskor bo‘lib, boshqa talabalarga ijobiy namuna ko‘rsatish zarurligi qayd etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube