Toshkentda “Vazir kubogi” sport musobaqalariga start berildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ommaviy sportni rivojlantirish va aholi jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Vazir kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.

 

Ushbu turnir oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida mini futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha o‘tkazildi.

 

4-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sport majmuasida musobaqaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ushbu turnirning stol tennisi musobaqasida qatnashib, sportga bo‘lgan qiziqishi va mahoratini namoyon qildi.

 

 “Vazir kubogi” oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida sportni targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va do‘stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

 

Musobaqada g‘olib bo‘lgan jamoalar va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube