O‘zDJTU hududida talabalar turar joyi qurilishi boshlandi

18-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hududida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida 9 qavatli, 1500 o‘rinli talabalar turar joyi (TTJ) binosining qurilishi boshlandi.

 

 

Qurilish ishlarining boshlanishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O. Mahkamov, Uchtepa tumani hokimi B. Mamadjanov, universitet rektori I. Tuxtasinov hamda prorektorlar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari qurilish jarayonlari va loyiha bilan tanishib, binoning muhim texnik jihatlari, qurilish rejalari va talabalar uchun yaratiladigan sharoitlar bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, loyihaning amalga oshirilish jarayoni, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

 

 

Ushbu loyiha talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, universitet infratuzilmasini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

 Ma’lumot uchun: Loyihaning umumiy qiymati 80,8 milliard so‘mni tashkil etib, shundan 45,8 milliard so‘mi xususiy tashabbuskor tomonidan, 35,0 milliard so‘mi esa davlat byudjetidan moliyalashtiriladi. Qurilish ishlari bosh pudratchi “Binokor Shukhrat” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda va TTJ 2025-yil oxiriga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube